Aerogeologik syomka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerogeologik syomka — foydali qazilmalarni qidirish usuli. Samolyot, yer sunʼiy yoʻldoshi yordamida yer yuzini suratga olish yoki uning tuzilishmni bevosita kuzatishga asoslangan. Aerogeologik sʼyomka ishlari 3 davrga boʻlinadi: tayyorgarlik, dala ishlari va laboratoriya ishlari. 1-davrda umumiy tayyorgarlikdan tashqari oʻrganilishi kerak boʻlgan joyning geologik s’yomkasi oʻtkaziladi, yer yuzasining tuzilishi, yer yuziga chiqib qolgan tub jinslar qatlami, ularning yotish sharoitlari, yer poʻstila sodir boʻlgan darzliklar oʻrni, intruziv va effuziv jinslarning tarqalishi hamda foydali qazilmalarning bor-yoʻqligi aniqlanadi, 2-davrda dala ishlari vaqtida yalpi aerovizual ku-zatishlar va yer ustida geologik tekshi-rishlar oʻtkaziladi, 3-davrda dala ishlari vaqtida olingan barcha maʼlumotlar umumlashtirilib, geologik harita tuziladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil