Kontent qismiga oʻtish

Aerozol generatori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerozol generatori – termomexanik va mexanik usullarda aerozollar hosil qilish hamda ularni purkash mashinasi. Bog oʻrmon va dalalarda qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari zararkunandalariga qarshi kurashda, shuningdek omborlar va issiqxonalar, chorvachilik binolarini dorilashda ishlatiladi. Veterinariya amaliyotida Aerozol generatoridan dezinfeksiyalovchi, insektitsid va vaksina aerozollari hosil qilishda foydalaniladi. Termomexanik usulda ish suyukligi avval qizdiriladi, soʻngra havo oqimi uni mayda zarrachalarga parchalaydi. Mexanik usulda esa ish suyuqligi faqat havo oqimi taʼsirida parchalanadi. Ish vaqtida Aerozol generatori avtomobil kuzovi, traktor yuk tirkamasi, ot arava va boshqada olib yuriladi. Baʼzi Aerozol generatori purkagichlgr, changlatgichlar bilan birga ishlatiladi. Zaharli dori eritmasini aerozol moslamasi yordamida ham purkash mumkin. Bunda changlagich purkagichning purkagich qismiga aerozol moslamasi oʻrnatiladi, apparatda maxsus soʻrgʻich orqali soʻrilgan havo rezervuardan dorini ergashtirib, doza-torga haydaydi. Dozatorda hosil boʻlgan emulsiya uchlik orqali mayda zarracha holida oʻsimlikka purkaladi.

Aerozol generatori Laskin nozul yordamida DOP aerozolini ishlab chiqarish uchun maxsus asbobdir. Oʻrnatilgan sozlash valfi 4 yoki 10 ta nozulning ishlashini boshqarishi mumkin. Havo oqimi 1,4 m boʻlganda3/min-56,6m3 / min, chiqish aerozol konsentratsiyasi 10mkg / L-100mkg / L. Aerozolning ishlashi milliy standartlarga mos keladi, asbob bilan jihozlanganZR-6012 aerozolli fotometr yokizr-6010 aerozol fotometriyuqori samarali filtr oqishini aniqlash uchun va qurilma tibbiy asboblarni sinovdan oʻtkazish institutlari, kasalliklarni nazorat qilish markazlari, shifoxonalar, farmatsevtika kompaniyalari, toza xonalarning oqishini tekshirish uchun HEPA filtr ishlab chiqaruvchilari va HEPA filtrlari uchun javob beradi[1].

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. „Aerozol generatori“ (2024-yil 17-noyabr).