Kontent qismiga oʻtish

Afanasiy Fet

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afanasiy Afanasyevich Fet

Ilya Repin (1882)
Tavalludi
AfanasiyAfanasyevich Shenshin

23 noyabr(5-dekabr) 1820
Rossiya imperiyasi Msensk
Vafoti 21-noyabr (3-dekabr) 1892-yil (71 yosh)[1]
Moskva,Rossiya imperiyasi
Kasbi shoir, tarjimon
Ijod qilgan tillari rus tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Grand Duchy of Hesse
Taʼlimi Moskva universiteti tarix-filologiya fakulteti
Yoʻnalish romantizm
Faoliyat yillari 1839 - 1892
Janr she'riyat

Afanasiy Afanasyevich Fet(bolalikdagi ismi Shenshin; 23-noyabr (5-dekabr)1820, Novosyolka, Msensk uyezdi, Orlova guberniyasi—21- noyabr(3-dekabr)1892 Moskva)— rus lirik shoir va tarjimon,Sankt-Peterburg Fanlar akademiyasining aʼzosi(1886), nasrchi. Nekrasovning fikricha, u Pushkin bilan raqobatlasha oladigan yagona shoirdir. 23-noyabr (5-dekabr) 1820-yilda tugʻilgan. Otasi, istefodagi rotmistr, Afanasiy Neofitovich Shenshin, boy mulkdor.

1835 – 1837-yillarda Afanasiy Estoniyaning Voru shahridagi Krümmer nemis xususiy maktab-internatida tahsil oldi. Bu vaqtda Afanasiy Fet sheʼr yoza boshlagan va klassik filologiyaga qiziqish bildirgan. 1837 – 1838-yillarda M. P. Pogodin pansionatida yashab, u yerda universitetga kirishga tayyorlangan. 1838-yilda Moskva universitetiga, avval huquq fakultetiga, soʻngra falsafa fakultetining tarixiy-filologiya (ogʻzaki) boʻlimiga oʻqishga kirdi va uni 1844-yilda tugatdi.

Afanasiy Fet oʻqish paytida jurnallarda sheʼrlar nashr qilishni boshladi. 1840-yilda Fetning universitetdagi doʻsti Apollon Grigoryev ishtirokida Fetning „Liricheskiy panteon“ sheʼrlar toʻplami nashr etildi. 1842-yilda – „Moskvityanin“ va „Otechestvennie zapiski“ jurnallarida nashr etila boshlandi. 1850 yilda Fetning ikkinchi toʻplami nashr etildi, ikkinchi toʻplami „Sovremennik“, „Moskvityanin“ va „Otechestvennie zapiski“ jurnallarida tanqidchilarning ijobiy sharhlarini oldi.

1856-yilda Fetning uchinchi toʻplami Ivan Turgenev tahriri ostida nashr etildi.

1857-yilda Fet tanqidchi Vasiliy Petrovich Botkinning singlisi Mariya Petrovna Botkina bilan turmush qurdi.

1863-yilda Fetning ikki jildlik sheʼrlar toʻplami nashr etildi.

1883-1891 yillarda „Tungi chiroqlar“(„Vechernie ogni“) toʻplamining toʻrt soni nashr etildi.

1890-yilda Fet „Hotiralarim“(„Moi vospominaniya“) kitobini nashr etdi, unda u oʻzi haqida er egasi sifatida gapiradi. Muallifning oʻlimidan soʻng, 1893 yilda xotiralar bilan yana bir kitob nashr etildi – „ Hayotimning dastlabki yillari“ („Rannie godi moey jizni“)

Fet 1892-yil 21-noyabrda (3-dekabr) Moskvada vafot etgan. Fetning kotibi Yekaterina Kudryavtsevaning xotiralariga koʻra, uning yurak xurujidan oʻlimidan oldin „kesuvchi“ pichogʻ yordamida oʻz joniga qasd qilishga urinish sodir boʻlganligi aytib oʻtgan. Afanasiy Fet Shenshinlarning oilaviy mulki boʻlgan Kleymenovo qishlogʻida dafn etilgan.