Afifa Iskandar
Afifa Iskandar | |
---|---|
Tavalludi |
Afifa Iskandar Estefan 10-dekabr 1921-yil |
Vafoti |
21-oktyabr 2012-yil (90 yoshda) Bagʻdod, Iroq |
Janrlar | Maqom |
Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa |
Faoliyat yillari | 1935–2011 |
Leybllar | Shahrora, monologist |
Fuqaroligi | Iroq |
Afifa Iskandar Estefan (arabcha: عفيفة إسكندر إصطيفان) – XX asrning oʻrtalarida ijod qilgan iroqlik qoʻshiqchi. 1921-yil 10-dekabrda Iroqning Mosul shahrida tugʻilgan[1]. Iroq tarixidagi eng yaxshi ayol xonandalardan biri. Xonanda „Iroq qora qushi“ nomini olgan[2].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Afifa Iskandarning otasi arman, onasi yunon edi. U Bagʻdodda yashagan va 5 yoshidan boshlab qoʻshiq kuylagan. 1935-yildan boshlab esa maqom kuylashni boshlagan[3]. 12 yoshida Iskandar Estefan ismli arman yigitiga turmushga chiqqan va uning familiyasini olgan. Afifa aktrisalik faoliyati bilan ham shugʻullangan hamda koʻplab spektakllarda rol ijro etgan[4]. 1938-yilda Badia Masabni, Taheyya Kariokka va Muhammad Abdel Wahab bilan birgalikda ishlash uchun Misrga borgan. Afifa Iskandar 2012-yil 21-oktyabrda Bagʻdodda saraton kasalligidan vafot etgan[5].
Eʼtirof
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yil 10-dekabrda Google xonandaning 98 yoshi munosabati bilan maxsus dudl chiqargan[6].
Singllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iskandar 1500 ga yaqin qoʻshiq kuylagan[7]. Ularning eng mashhurlariga quyidagilar kiradi:
- „Ya aqqid alhajibayn“[8]
- „Ikhlas meni“[8]
- „Ya sokari ya assali“[9]
- „Ared Allah yebain hobty behom“[9]
- „Qaleb qaleb'“[10]
- „Jani alhlo labs sobhyat aledd“[9]
- „Nem wa sadek sadri“[9]
- „Msafren“[9]
- „Qsma“[9]
- „Helal eid“[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „"شحرورة العراق"... تعيش أوضاعاً صحية مأسوية“. Alrai Media. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Afifa iskandar عفيفة اسكندر – MP3 Écouter et Télécharger GRATUITEMENT en format MP3“. Maghreb Space. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
- ↑ „ما لايعرفه الناس عن عفيفة إسكندر – ملاحق جريدة المدى اليومية 9.ز“ (2015-yil 23-sentyabr). 2015-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
- ↑ Taleb. „موسوعة أعلام الموصل في القرن العشرين للدكتور عمر محمد الطالب / حرف العين“. 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
- ↑ „The Common Ills: Afifa Iskandar passes away, the political crisis continues“. The Common Ills (2012-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 27-sentyabr.
- ↑ „Afifa Iskandar’s 98th Birthday“. Google (2019-yil 10-dekabr).
- ↑ „Google Honours Afifa Iskandar - But Who Was She?“. CairoScene. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ 8,0 8,1 Aidasani. „Today’s Google Doodle celebrates this Iraqi singer“ (en-ae). Mashable ME (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 9,5 9,6 „Google Doodle Celebrates Affifa Iskandar's Birthday | Sada Elbalad“ (en). see.news. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.
- ↑ „Google Honours Afifa Iskandar - But Who Was She?“. CairoScene. Qaraldi: 2023-yil 30-aprel.