Afrika birligi tashkiloti
Afrika birligi tashkiloti (ABT) — Afrika qitʼasidagi 53 davlatni (1994) birlashtiruvchi eng yirik mintakaviy siyosiy tashkilot. 1963-yil 25-mayda Afrika mamlakatlari dav-latlari va hukumatlari boshliqlarining Addis-Abeba konferensiyasida tash-kil etilgan. Afrika Birligi Tashkiloti Afrika davlatlari hamkorligini mustahkamlash, qitʼadagi mamlakatlar mustaqilligini himoya qilish kabi maqsadlarni koʻzlaydi. Afrikadagi har qaysi mustaqil va suveren davlat ABTga aʼzo boʻlishi mumkin. Asosiy organi Davlatlar va hukumatlar boshliadarining assambleyasi, Vazirlar kengashi, Bosh kotibiyat hamda Vositachilik, yarashtirish va hakamlar komissiyasidan iborat. Davlatlar va hukumatlar boshliqlarining assambleyasi — Afrika Birligi Tashkiloti oliy organi hisoblanadi. Afrika Birligi Tashkiloti maʼmuriy organi — Bosh kotibiyat, unga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Vositachilik, yarash-tirish va hakamlar komissiyasining vazifasi — Afrika Birligi Tashkiloti aʼzosi boʻlgan davlatlar orasidagi hamma nizolarni tinch vositalar bilan bartaraf etish. ABT qarorgohi — Addis-Abeba (Efiopiya) shahrida.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |