Kontent qismiga oʻtish

Afrikanerlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrikanerlar (burlar; golland-cha — „dehqon“ soʻzidan) — JARda yashovchi xalq. XVIII asrda koʻchib kelgan golland, fransuz va nemis mustamlakachilarining avlodlari, qisman mahalliy aholi bilan aralashib ketganlar. A.ning umumiy soni 3 mln.dan oshiq kishi (1992). German tillari guruhidagi afrikaans tilida soʻzlashadi. Dindorlari xristian-protestantlar. Afrikanerlar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Afrikanerlar madaniyat va turmushlarida Yevropa normalariga rioya qiladilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil