Afro‘z Farida
Farida Afroʻz (Boʻtayeva Farida Qoʻziyevna) 1956-yil 5-martda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Qo'qon shahridagi 10-o‘rta maktabni tamomlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutida taxsil olgan (1977). Fargʻona sanʼat bilim yurtida oʻqituvchi, Fargʻona viloyati, Bogʻdod tumanining „Avangard“ gazetasida adabiy xodim, Uchkoʻprik tumanidagi „Isteʼdod“ ijodkor yoshlar uyushmasining raisi, Respublika „Maʼnaviyat va maʼrifat jamoatchilik markazi“ huzuridagi „Shuur“ ijodiy korxonasi direktori, Adliya vazirligining „Hayot va Qonun“ yuridik jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida sanʼat boʻlimi boshligʻi, „Yozuvchi“ nashriyotida bosh muharrir vazifalarida ishlagan. 1994-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining aʼzosi. Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati, Parlament faxriysi, Jamoat arbobi. [1]
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Qirq kokilligim“ (1986), „Iztirob koʻylagi“ (1992), „Tunlar isyoni“ (1994), „Koʻzim manim…“ (1999), „Oʻzimdan oʻzimgacha“ (2001), „Ushshoq“ (2004), „Tasbih“ (2006) kabi sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. „Qurbonjon dodhox“ (2000) tarixiy dramasi ham bor. Sheʼrlari rus, turk, ingliz, nemis, fransuz, fors, uygʻur, ozor, gagouz, xitoy, koreys tillariga tarjima qilingan.Oʻz navbatida shoira jahona dabiyotidan yapon haykularini, turk sheʼriyatidan Mustafo Otaturk, Ziyo Koʻkalp, Husayn Otsiz, Dogʻlarja, Ismat Oʻzal sheʼrlarini, fors sheʼriyatidan Mehri Hirotiy hamda zamonaviy fors sheʼriyatidan Zahro Abul Husayniy, Sudoba, Soya Kabiriy gʻazallarini, amonaviy qozoq va qoraqalpoq sheʼriyatidan va amerikalik ruhshunos Deyl Karnegi asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.Farida Afroʻz hozir „Afroʻz rekords“ ovoz yozishstudiyasining bosh direktori lavozimida ishlamoqda. Oilali, uch farzandi bor. Birinchi sheʼrini 5-sinfda oʻqib yurgan kezlarida yozgan. Keyinchalik Qoʻqon shahrida maktablararo oʻtkaziladigan koʻrik-tanlovlarda, turli tadbirlar va olimpiadalarda sheʼriy chiqishlari bilan ishtirok eta boshlagan. Birinchi sheʼri oʻsha kezlari „Lenin uchquni“ gazetasida bosilib chiqdi. Ilk kitobi „Qirq kokilligim“ deb nomlanadi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yili „Shuhrat“ medali bilan, 2001-yili „Oʻzbekiston mustaqilligining 10 yilligi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Farida Afroʻz (1956)“. uztext.com. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.
- ↑ „Afroʻz Farida“. arboblar.uz. Qaraldi: 14-avgust 2022-yil.