Afrosiyob kulolligi
Afrosiyob kulolligi — Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida topilgan qadimgi oʻzbek xalq amaliy sanʼati namunalari. IX-XII asrlarda Afrosiyob kulollari tomonidan ishlangan bejirim, nafis sirli idishlar Islom dunyosida keng tarqalgan. Bu idishlar oʻzining mohirona ishlanganligi, naqshlarining aniq va mazmundorligi bilan ajralib turadi. Afrosiyob kulollari dastlab ara-blar istilosi (VII asr) gacha boʻlgan sanʼat anʼanalariga asoslanib, 9-10-asrlarda keng tarqalgan falsafiy gʻoyalarni turli ramzlar, arab alifbosida yozilgan ezgu niyatlar, xalq maqollari, shuningdek kabutar, xoʻroz, burgut, ot, yoʻlbars, sher tasvirlari, ov manzarasi hamda islimiy gullar va giriqlar bilan oʻz asarlarida mu-jassam etganlar. Bezakda asosiy oʻrin tutgan kufiy yozuvlar, ayniqsa chuzib yozilgan harflar bilan tik yozilgan „Alif“ va „Lom“ning uygunligi naqshning taʼsirchanligini oshirgan. Keyingi davrlar (XII-XIII asrlar)da Afrosiyob kulolligi dagi bezaklar oʻrnini umumlashtirilgan qushlar tasviri, mazmundor arab soʻzlari, murakkab gullar, naqshlar oladi. Bundam bezaklar idishlarning kurkamligini burttirib koʻrsatadi. Bu uslub bizning davrimizgacha yetib kelgan. Afrosiyob kulolligi dagi bezaklar buyum shakliga mosligi, ranglarining yorqinligi va nafisligi bilan kishi diqqatini oʻziga jalb etadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |