Kontent qismiga oʻtish

Afshin (qoʻshiqchi)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Afshin Jafariy
Maʼlumot
Taxallusi"Afshin"
Tavallud topgan sanasi va joyi6.05.1978, Eron, Babol
Yo'nalishiPop, xip-xop
Kasbiqoʻshiqchi
Faoliyat yillari1995 — hozirgacha

Afshin Jafariy (inglizcha: Afshin Jafari, fors. افشین; tugʻilgan 6-may, 1978-yil; Babol, Eron) — kelib chiqishi erondan boʻlgan Olmoniyalik qoʻshiqchisi. Fors tilida kuylaydigan eng mashhur pop-yulduzlardan biri. Muxlislarga «Afshin» taxallusi bilan yaxshi tanish.

Afshin Jafariy 1978-yilning 6-may kuni Eronning Kaspiy dengizi sohilida joylashgan Babol shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va qoʻshiq kuylashga qiziqgan. Oʻn yoshida gitarada oʻynashni oʻtganib oʻzi sherlar yozgan[1]. 1995-yilda, Afshin 17 yoshida oilasi bilan Olmoniyaga koʻchib ketgan va Mangeym shahrida yashay boshlagan.

Yoshligida mahalliy eronlik muxojirlar orasida qoʻshiqlar kuylagan. Bir necha yildan soʻng, Afshin 21 yoshga toʻlganida, u «ParsVideo» studiyasi bilan shartnoma imzolaydi. Asosan pop, xip-xop va rep janrlarida kuylaydi[2].

Kichik vaqt ichida Afshin fors tilida kuylaydigan eng mashhur qoʻshiqchilardan biriga aylanadi va dunyoning koʻplab davlatlarida konsert berib keladi. Jumladan: Olmoniya, Avstriya, Fransiya, Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, Belgiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada, Turkiya, Tojikiston shular jumlasidandir.

Yil Original nomi Oʻzbekcha tarjimasi
1999 Booye Baroon Yomgʻir hidi
2002 Setareh Yulduz
2003 Aso Pas Aso Pas
2005 Maach Oy
2008 The Song For X X (iks) qoʻshiq
2013 Ghaire Ghanooni Gʻayriqonuniy
  1. TNews.ir: بیوگرافی افشین جعفری, 2014-10-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-03-29
  2. RadioJavan: Afshin (песни и клипы)