Afsonak
Qiyofa
Afsonak (Thermopsis) — burchoqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Asosan Osiyo va Shimoliy Amerikada oʻsadi. Koʻpchiligi zaharli. Baʼzi turlari ekinlar orasida oʻsadi. Oʻrta Osiyoda bu turkumning 3 turi boʻlib, Oʻzbekistonda tarqalgan Th. dolichocarpa va Th. alterniflora nomli turlarining barglari uch yaproqli, poyasi tuqdor; gullari sariq shingil toʻpgulga yigʻilgan, kosachasi yotiq tukli; dukkaklari tasmasimon choʻziq, bir oz bukilgan, tukdor. Urugʻlari jigarrang, baʼzan koʻkimtir. Yozda gullaydi. Afsonakning baʼzi turlaridan tibbiyotda balgʻam koʻchiruvchi va nafas markazini qoʻzgʻatuvchi dori sifatida foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |