Aftondil Erkinov
Aftondil Erkinov — (1964, Toshkent) adabiyotshunos, H.Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar instituti tadqiqotchisi (1987), Filologiya fanlari doktori (2000), dotsent (1997).
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O`zbekiston Milliy universiteti) o'zbek filologiyasi fakulteti bitiruvchisi (1986), Toshkent Davlat universiteti o`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi (1988), katta o`qituvchi, dotsent, ilmiy guruh a`zosi (1992), Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet) mumtoz filologiya kafedrasi va turli nashriyotlarda faoliyat olib borgan. O'rta Osiyodagi turkiy va forsiy tildagi manbalar hamda o'zbek mumtoz adabiyoti masalalariga bag'ishlangan 20 dan ortiq maqolalari Yevropa va Amerikada ingliz, nemis, fransuz tillarida tillarida chop etilgan.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„XIX oxiri—XX asr boshida Xiva xonligi va Turkistondagi duo va xutbalar (eski oʻzbek tilidagi matnlar asosida)“ (2004) risolasi Berlinda, „Oʻrta Osiyodagi intellektual doiralarda turkiy-forsiy bilingvizm(1475—1900-yillarda tuzilgan bayozlar misolida)“ (2009) Venada ingliz tilida nashr qilingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 473-bet.