Afzal Rafiqov
Afzal Rafiqov | |
---|---|
Tavalludi |
21-avgust 1948-yil |
Mukofotlari |
Afzal Azimovich Rafiqov (1948.21.8, Toshkent) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000)[1]. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1974). 1973—87 yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi teatrda aktyor. Yaratgan obrazlaridagi dard, iztirob, qarama-qarshi hissiyotlar, oʻziga xos musiqaviy ovoz, rang-barang ohang, tinim va bosimlari bilan tomoshabinni oʻziga rom etishga erishadi, shuningdek, romantik anʼanalarni hayotiy talqin usuli ila uygʻunlashtira olishi bilan ajralib turadi. „Qaroqchilar“ (F. Shiller) spektaklidagi Shveyser roli bilan sahnadagi faoliyatini boshlagan. Keyinchalik Aleksandrov (L. Tolstoy, „Tirik murda“), Zokirov (S. Abdullin, „Oʻn uchinchi rais“), Tarso (T. Tula, „Nodirabegim“), Navoiy, Iskandarning otasi (Sh. Rizayev, „Iskandar“), Faridun (Firdavsiy, „Faridun“), Yago (U. Shekspir, „Otello“), Lir (U. Shekspir „Qirol Lir“), Aslzoda (A. Sagareli, „Xonuma“) kabi rollari bilan tanilgan.
Kinoda („Yaratganga shukur“da Ahmad, „Alpomish“da Boyboʻri va boshqalar), televizion filmlarda („Diyonat“da Proxor, „Girdob“da ilmiy kotib, „Ichkuyov“da Sergey, „Omon boʻlsang, unutma“da Guskov kabi) ham suratga tushgan. Rafiqov oʻzbek dublyaj sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshganlardan, 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan („Lev Tolstoy“da Tolstoy, „Gʻalaba“ filmida Stalin, „Hayot mazmuni“da Usmon Yusupov va boshqalar). Bir nechta televizion hujjatli filmlar matnini oʻqigan. „Gulshan“ radiojurnalining boshlovchisi, bir qancha radiopostanovkalar („Usmon Nosir“, „Xabib Abdullayev“ va boshqalar)ni olib borgan.Afzal Rafiqovning shoh asari oʻzi aytgandek umri davomida qilgan ishlarining eng yaxshisi bu Qur’oni karimning oʻzbek tilida oʻqiganidir[2].
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Film nomi | Rol |
---|---|---|
1998 | Kichkina tabib | |
2000 | Alpomish | |
2007 | Faqat gʻalaba | futbol bosh murabbiysi |
2006 | Xoʻja Nasriddin: Oʻyin boshlandi | |
2008 | Jannat qaydadir? | Domla, Luizaning otasi |
2011 | Kelganda kelin: Anjancha muhabbat | Goʻyoning otasi |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |