Kontent qismiga oʻtish

Aga

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aga, Amerika qurbaqasi, gov-qurbaqa (Bufo marinus) — suvda va quruqlikda yashovchilar sinfi — dumsizlar turkumiga mansub eng yirik qurbaqa. Tanasining uzunligi 25 sm dan ortiq, eni 12 sm ga yaqin. Terisi qoʻngʻir yoki kulrang tusda, qora dogʻlari bor, qorin tomoni oqish. Janubiy va Markaziy Amerikada hamda Antil oilarida tarqalgan. Aga kunduzi pana joyda yashirinib yotadi, kechqurun va tunda ov qiladi. Hasharotlar, mollyuskalar, chuvalchanglar va ayrim mayda umurtqali hayvonlar bilan oziqlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil