Agafiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(536 – taxm. 582) – Vizantiyalik shoir va tarixchi. Kichik Osiyoning Mirind shaharidan. Oqlovchi bo‘lib xizmat qilgan. Vizantiya elchiligi tarkibida Eronda bo‘lgan (Xusrav I Anushirvon zamonida) va pahlaviy tilidagi ko‘pgina hujjatlarni qo‘lga kiritib qaytgan. Agafiy “Yustinian grek tilida yozilgan podsholigi degan kitob yozib qoldirgan. Asar beshta kitobdan iborat va Vizantiyada 552-558 yillari ichida bo‘lib o‘tgan voqealarga, ya’ni uning gotlar, vandallar, franklar va forslar bilan olib borgan urushlari haqida hikoya qiladi, Agafiyning mazkur asari Vizantiyaning 552-558 yil tarixini o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Bu asar yuqorida tilga olingan Prokopiy Kesariyskiyning “Urushlar” kitobining davomi hisoblanadi. Eronning VI asrning 50 – yillaridagi tashqi siyosatini o‘rganishda muhim axamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, Eronning davlat muassasalari va Xusrav I haqida ham ma’lumotlar “Yustinning podsholigi”ning ruscha tarjimasi 1953 y. Leningradda chop qilingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).