Kontent qismiga oʻtish

Agafokl

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Agafokl (miloddan avvalgi 360-289-yillar) – kulol, lashkarboshi, Sirakuza hukmdori (tirani, 317-yildan). Soʻnggi tiraniya vakili. Yollanma askarlar va xonavayron boʻlgan fuqarolarga tayanib Sirakuzadagi oligarxiyani agʻdarib tashlagan. 313-yilga kelib Sitsiliyadagi deyarli barcha yunon shaharlarini bosib olgan. Hokimligi davrida Sitsiliyaga egalik qilish uchun Karfagenga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan. Taxminan 305 yil „sitsiliyaliklar podshosi“ unvonini olgan. 299-yil Kerkiru o. (Korfu)ni zabt etgan. Janubiy Italiyaga harbiy safari paytida vafot etgan. Agafokl hukmdorlik yillari Siraku zaning kuch-qudrati va madaniy ravnaqi yuksalgan davr boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil