Agasfer sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agasfer sindromi – 1951-yilda P. Vingeyt tomonidan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilishga moyil bo'lgan shaxslarda tasvirlangan. Bu shaxslar ko'pincha giyohvand dori-darmonlarni olish uchun turli xil tibbiy muassasalarga murojaat qilishadi. Shu bilan birga, ular o'zlarining kasalliklari haqida hikoyalar to’qib, ba'zida hatto giyohvand moddalarga bo'lgan ehtiyojni oqlash uchun o'zlariga jarohat ham yetkazadilar.