Kontent qismiga oʻtish

Agios Georgios (Lasithi)

Koordinatalari: 35°9′56″N 25°29′4″E / 35.16556°N 25.48444°E / 35.16556; 25.48444
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agios Georgios

Άγιος Γεώργιος Λασιθίου
Skyline of Agios Georgios
35°9′56″N 25°29′4″E / 35.16556°N 25.48444°E / 35.16556; 25.48444
Mamlakat Gretsiya
Markazi balandligi 840 m
Aholisi
 (2021)
544
Vaqt mintaqasi UTC+2, yozda UTC+3
Agios Georgios xaritada
Agios Georgios
Agios Georgios

Agios Georgios — Gretsiyaning Krit orolidagi Lassithi platosida joylashgan qishloq[1], shuningdek, munitsipal birlik. Agios Georgios 840 metr (2,760 ft) balandlikda joylashgan. 1981-yilda uning aholisi 1030 nafar kishi edi, ammo 1991-yilda 717 nafar kishiga qisqardi va 2001-yilda 541 nafar, 2011-yilda esa 490 nafarni tashkil etdi[2]. 2021-yilgi aholini ro‘yhatga olish ma’lumotlariga ko‘ra qishloqda 544 nafar aholi istiqomat qilgan.

Agios Georgios yaqinidagi manzillarga Koudoumalia kichik qishlogʻi va Avrakode qishlogʻi, shuningdek, Limnakaro platosi (balandligi 1,314 metr (4,311 ft)) kiradi.

Agios Georgios Lassithi platosidagi ikkinchi yirik qishloq hisoblanib, unda Folklore muzey uyi[3], Lassithi platosidagi yagona boshlangʻich maktab, shuningdek, munitsipalitetdagi yagona bolalar bogʻchasi joylashgan.

Bundan tashqari qishloqda kichik tarixiy muzey[4], dorixona, mehmonxonalar va kichik restoranlar ham mavjud.

Agios Georgios Dikti choʻqqisiga chiqiladigan boshlangʻich nuqtadir (balandligi 2,148 metr (7,047 ft))[5] va qishloqdan E4 yoʻli ham oʻtadi[6]. Agios Georgios qishlogʻidan boʻlgan koʻplab odamlar hozir Iraklion va Hersonissosda yashaydilar[7]. Qishda, Lasithi platosi qor bilan qoplanganida, Agios Georgios qishlogʻining koʻp aholisi Kritning shimoliy qirgʻogʻidagi Analipsi aholi punktida yashashadi. Analipsi Hersonissos shaharchasidan 5 km gʻarbda joylashgan va Xersonissos munitsipalitetining bir qismi boʻlib, u yerda zaytun yetishtiriladi[8].

  1. „Lassithi Plateau“. www.interkriti.org. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
  2. „Crete (Greece): Municipalities & Settlements - Population Statistics, Charts and Map“. www.citypopulation.de. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.
  3. Goddfrey, Jonnie. Landscapes of Eastern Crete. London: Sunflower Books, 1986 — 34-bet. ISBN 0948513071. 
  4. „Folklore & Historical Museum of Agios Georgios“.
  5. „Trail Kastamonitsa - Tsouli Mnima - Agios Georgios (Lassithi Plateau) - Travel Guide for Island Crete, Greece“.[sayt ishlamaydi]
  6. Wilson, Loraine. The high mountains of Crete : the White Mountains and South coast, Psiloritis and Lassithi, 2nd, Cumbria: Cicerone, 2008 — 331-bet. ISBN 9781852845254. 
  7. Shay, C. Thomas; Beattie, Angela (1993). "Rural Population Change in Crete". The Journal of Interdisciplinary History 24 (1): 99–119. doi:10.2307/205103. https://www.jstor.org/stable/205103. 
  8. Temple University Aegean Symposium : a compendium Betancourt: , 2015 — 50-bet. ISBN 9781931534826. Qaraldi: 2019-yil 21-dekabr.