Kontent qismiga oʻtish

Agios Vasilios

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Agios Vasilios (grekcha: Άγιος Βασίλειος) — Gretsiyadagi qishloq, Peloponnesning shimoli-sharqida joylashgan qishloq hisoblanadi. Korinf koʻrfazining sohilida, Patradan 11 kilometr shimoli-sharqda joylashgan. Agios Vasilios qishlogʻining 2011-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 2662 nafar aholi istiqomat qilgan. Gretsiyada joylashgan ushbu Agios Vasiliosq ishloqning maydoni 2,55 kvadrat kilometrni tashkil etadi. va Gretsiyadagi turizm va xizmat koʻrsatish tarmoqlari kam miqdorda rivojlangan qishloqlardan biri sanaladi.

Agios Vasilios qirgʻogʻi

Gretsiyadi ushbu Agios Vasilios qishlogʻi hududida qadimiy Panorm shahri[1] joylashgan. Miloddan avvalgi 429-yilda Peloponnes urushi paytida Cape Rion jangi va Nafpaktos jangi Afina flotlari va Peloponnes Ligasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan.

1571-yilda Muqaddas Liga va Usmonli imperiyasi flotlari oʻrtasida Lepanto jangi boʻlib oʻtdi. Oʻlgan nasroniylar Panormadagi qabristonga dafn qilindi.

Usmonlilar davrida Panormada tekke[2] boʻlgan. Gretsiyaning sohil boʻyi hududlarida joylashgan ushbu Agios Vasilios qishlogʻi qadimidan tarixdagi eng yirik sultonlik va imperiyalar hukmronlik qilgan yerlar hisoblanadi. Zamonaviy qishloq, qoʻshni Akteo kabi, XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan. U Gunaryanika (Γουναριάνικα) deb nomlangan. Avliyo Bazil cherkovi qurilgan boʻlib, qishloqqa hozirgi nom berilgan.

Agios Vasilios qoʻshni Rion shahrini Elefsis bilan bogʻlaydigan E65 Yevropa yoʻnalishining bir qismi boʻlgan „Olimpia“ avtomagistrali (A8) orqali oʻtadi. Qishloqda proastiakos liniyasining oxirgi temir yoʻl stansiyasi „Agios Andreas“ (Patras) — Agios Vasilios temiryoʻl liniyasi ham mavjud.

Yil Aholi soni
1991-yil 1378[3]
2001-yil 2013[3]
2011-yil ↗ 2662