Kontent qismiga oʻtish

Agni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Agni - qadimgi hind diniy eʼtiqodiga koʻra, olov maʼbudi. Shuningdek, xonadon oʻchogi va qurbonlik gulxani ilohi, yerdagi maʼbudlarning rahbari va barcha qadimgi hind asosiy diniy marosimlarining markazida turgan olov timsoli, insonlar va ilohlar oʻrtasidagi vositachi boʻlgan. U koʻplab sifatlarga ega. Jumladan, Djatavedas - “barcha mavjudotlar bilimdoni”, Tanu na pat - “oʻzining o’g’li” va b. Vedalarda unga 200 gimn bagʻishlangan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 16.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.