Agoniya
Qiyofa
Agoniya (yunoncha agonia — kurash), holati razm — oʻlim talvasasi. Uning oʻziga xos belgilari: bosh miya faoliya-tining zaiflanishi, xirillash, hushdan ketish, nafas olish va yurak urishining bir tekis boʻlmasligi, koʻz qorachigʻining kengayishi, reflekslarning asta-sekin yoʻqolishi, oyoq va badanning sovishi, rang boʻzarishi, tananing koʻkimtir tus olishi. Kishi koʻp qon yoʻqotganda, shok, asfiksiya va boshqalarda oʻz vaqtida te-gishli chora-tadbirlar koʻrilganda uni Agoniya holatidan qaytarish mumkin. Agoniyani dastlab yunon tabiblari aniq tasvirlab berganlar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |