Agrar masala
Agrar masala — qishloq xoʻjaligida yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, xoʻjalik yuritish usullari yuzasidan paydo boʻlgan va har bir davrda oʻz yechimini talab qiluvchi masala. Agrar masala qishloqdagi agrar munosabatlar taraqqiyotga toʻsqinlik qilgan kezlarda paydo boʻladi, uni hal etish taraqqiyot omili hisoblanadi. Yer eng noyob va betakror iqtisodiy resurs, uni yangidan yaratib boʻlmaydi, uni saqlab, undan avaylab foydalanish asosida samarali xoʻjalik yuritish mumkin. Yerga mulkchilik shakli undan yaxshi foydalanishga imkon bermay qoʻyadi, xoʻjalik yuritish usullari eskirib qoladi, ularni yangilash zarurati Agrar masalani yuzaga chiqaradi, chunki yerda mehnat qiluvchilar yer mulkidan mahrum boʻladilar, yer unda ishlovchilardan ajralib qoladi, xoʻjalik yuritmay yerni ijaraga beruvchi zamindorlar yerning holatiga befarq qaraydilar, yer oʻz egasini topmay qoladi. Yer egasiz boʻlganidan tuproq hosildorligi va qishloq xoʻjaligi unumdorligi pasayadi — qishloq xoʻjaligida inqiroz yuz beradi. Uni bu holatdan chiqarish uchun Agrar masalani yechish kerak boʻladi. Agrar masala agrar islohotlar asosida hal etiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |