Kontent qismiga oʻtish

Agregat stanok

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agregat stanok — oʻzaro kinematik bogʻlanmagan uzellar (agregatlar)dan qurilgan maxsus metall kesish stanogi. Agregat stanok stanina, unga oʻrnatilgan va keskichlarni harakatga keltiradigan bir necha kuch kallagi, ishlanadigan detal mahkamlanuvchi stol va yordamchi (sovitish, moylash va boshqalar) agregatlardan iborat. Kuch uzatmalari alohida yuritmaga ega, ular harakatining oʻzaro bogʻliqligi va ketma-ketligi yagona boshqarish tizimidan taʼminlanadi. Ishlov beriladigan asbob qoʻzgʻolmaydigan, kesuvchi asbob esa harakatlanadigan mexanik ishlov berishda Agregat stanok keng tarqalgan. Bunda detalga bir vaqtning oʻzida bir necha asboblar bilan mexanik ishlov berish mumkin. Agregat stanoklardan, asosan, koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan zavodlardagi avtomatik yoki oddiy potok liniyalarida foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil