Agriz
Agriz tatarcha: Әgerҗe | |
---|---|
shahar | |
56°31′0″N 52°59′0″E / 56.51667°N 52.98333°E | |
Mamlakat | Rossiya |
Respublika | Tatariston |
Ilk eslatilishi | 1646 |
Qachondan beri shahar | 1939 |
Maydon | 8.6 km2 (3.3 kv mi) |
Markazi balandligi | 90 m |
Iqlim turi | moʻtadil |
Milliy tarkib | tatarlar – 59%, ruslar – 25%, mariylar – 8%, udmurtlar – 6% |
Telefon kodi | 85551 |
Pochta indeks(lar)i | 422230 |
|
Agriz (tatarcha: Әgerҗe, Ägerce) – Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi shahar. Agriz tumanining maʼmuriy markazi. Agriz tarkibidagi yagona aholi punkti sifatida shahar posyolkasi maqomiga ega boʻlgan munitsipal tuzilmadir[1][2].
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maydoni 8,6 km². Shahar Tataristonning eng shimoli-sharqida, Udmurtiya bilan chegarada, Sarapul togʻining etagida, Agrizka daryosi boʻyida (Ij daryosining kichik irmogʻi, Volga havzasi), Qozondan 304 km sharqda va Ijevskdan 36 km janubda joylashgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1646-yildan beri maʼlum. XX asr boshlarida Agrizda volost hukumati joylashgan, maktab va 2 ta masjid boʻlgan. Ijevsk-Votkinsk qoʻzgʻoloni paytida Agriz Ijevsk qoʻzgʻolonchilari tomonidan bosib olingan, 1918-yil oktyabr oyining oxirigacha shahar va uning atrofida qattiq janglar boʻlib oʻtdi. 1920-yilgacha Vyatka guberniyasi Sarapul tumani Agriz volostining markazi boʻlgan. 1921-yildan TASSR Agriz kantonining markazi, 1924-yildan Yelabuga kantoni ijroiya qoʻmitasiga boʻysunuvchi viloyat shahri. 1926-yilda shaharlar roʻyxatidan chiqarildi, 1927-yil 14-fevraldan Agriz viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. 1928-yilda ishchilar posyolkasi toifasiga kirdi, 1938-yil 28-avgustda tumanga boʻysunuvchi shaharga aylantirildi. 1963-yil 1-yanvardan TASSRning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi oʻzgarishi munosabati bilan Yelabuga shahar kengashining maʼmuriy boʻysunishida, 1964-yil 4-martdan yana viloyat markazi. Sobiq Krasnobor tumani hududi ham yangi Agriz tumani tarkibiga kirdi.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy tarkibi
2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra: tatarlar – 59%, ruslar – 25%, mariylar – 8%, udmurtlar – 6%.
Iqtisodiyot va infratuzilmasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oziq-ovqat, qurilish materiallari, yogʻochga ishlov berish sanoati korxonalari ishlab turibdi. Bosmaxona, 4 ta oʻrta va bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar bilim yurti, muz saroyi, suzish havzasi, stadion, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy viloyat kasalxonasi, temir yoʻl shifoxonasi, 2 ta masjid bor.
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oziq-ovqat sanoati korxonalari („Xlebopischekombinat“ va „Bulgar-ikmek“ MChJ novvoyxonalari, „Agriz MK“ MChJ sariyogʻ-sut zavodi), qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari („Agriz qurilish materiallari zavodi“ MChJ), yogʻochga ishlov berish („MTM“ MChJ), temir yoʻl ustaxonalari kabilar muhim sanoat korxonalari hisoblanadi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar Qozon, Yekaterinburg, Ijevsk, Akbash temir yoʻllarining Agriz stansiyasi va depo bilan muhim tutashuv markazidadir.
Shaharlararo „Agriz – Naberejnye Chelny“ 628-avtobusi va shahar atrofida „Agriz – Ijevsk/YuAS“ 308-avtobusi qatnab turibdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Закон Республики Татарстан от 31 января 2005 года № 14-ЗРТ «Об установлении границ территорий и статусе муниципального образования „Агрызский муниципальный район“ и муниципальных образований в его составе»“. 2017-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
- ↑ „Устав муниципального образования «город Агрыз» Агрызского муниципального района Республики Татарстан от 28.01.2015 года“. 2018-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tatariston Respublikasi Agriz tumanining rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 2011-05-26 sanasida arxivlangan) arxivlangan
- Agryz „Moy gorod“ ensiklopediyasida arxivlangan