Kontent qismiga oʻtish

Agrobiotsenoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrobiotsenoz (yunoncha agro… va biotsenoz) — odamning dehqonchilik yuritish jarayonida (qishloq xoʻjaligi ekinlari ekish, bogʻlar barpo etish va boshqalar) tarkib topgan muayyan hududlar (maydonlar)dagi har xil oʻsimlik va hayvon (mikroorganizm)lar jamoasi. Agrobiotsenez organizmlarning tabiiy jamoadan farqi shundaki, uni tashkil qiluvchi komponentlarning soni, rivojlanish intensivligi va yashash muddati doimo inson faoliyati taʼsirida boʻladi. Agrobiotsenez hayvonot olami, asosan hasharotlardan (koʻpchiligi zararkunanda) iborat. Muayyan turdagi begona oʻtlar bilan birga tirik organizmlarning shak-llanishida madaniy oʻsimliklar belgilovchi shart-sharoit hisoblanib, Agrobiotsenezning energetik asosini tashkil etadi. Natijada har bir madaniy oʻsimlik turiga xos agrobiotsenez hosil boʻladi. Agrobiotsenez flora va faunani anchagina oʻzgartirib yuboradi, shuning uchun ratsional Agrobiotsenez yaratish uning komponentlarini aniq hisobga olishni, ular sonini boshqarishda ilmiy asoslangan usullarni qoʻllashni, kimyoviy vositalar (oʻgʻitlar, pestitsidlar va boshqalar)dan toʻgʻri foydalanishni talab qiladi (yana qarang Bio-geotsenoz, Fitotsenoz)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil