Kontent qismiga oʻtish

Agrofon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Agrofon (yun. agros — dala, lot. fundus — muhit) — tuproqning fizik va kimyoviy xossalari, unumdorligi jihatidan agronomiya talablariga mos holati; tuproqning agronomik xossalari majmui. Har bir uchastkaning Agrofonini bilish qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yuqori hosil yetishtirish uchun agrotexnika hamda meliorativ tadbirlar majmuini toʻgʻri va tabaqalab amalga oshirish imkonini beradi. Agrofon past darajada boʻlishi mumkin. Ekinlarni toʻgʻri almashlab ekish, mahalliy va mineral oʻgʻitlardan unumli foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlari yetishtirish texnologiyasiga toʻgʻri amal qilish yoʻli bilan yuksak Agrofon barpo etiladi. Masalan, yuksak Agrofon sharoitlarida gʻoʻza serhosil, sogʻlom oʻsadi, kasallik va hasharotlarga chidamli boʻladi, tola va chigit sifati yaxshilanadi. Agrofon ishlarida tadqiqot maqsadlariga qarab Agrofon sunʼiy yaratiladi. Seleksioner olimlar yangi nav yaratishda va urugʻchilik ishlarida maxsus tayyorlangan Agrofonlarda ish olib boradilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil