Kontent qismiga oʻtish

Agroiqlimshunoslik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Agroiqlimshunoslik — qishloq xoʻjaligi meteorologiyasining iqlim sharoitlarini qishloq xoʻjaligi ob’ektlari va jarayonlari bilan bogʻlanishda oʻrganadigan sohasi. Tuproq unumdorligi, quruqlikdagi suv resurslari va oʻsimlik dunyosi koʻp jihatdan iqlimga bogʻliq. Agroiqlimshunoslikning asosiy vazifalari: iqlimni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi omili sifatida oʻrganish, iqlimni qishloq xoʻjaligi nuqtai nazaridan baholash, hududni agroiqlimiy rayonlashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini oqilona joylashtirish maqsadlarida turli iqlim sharoitlarida agrotexnika tadbirlari oʻtkazishni asoslash va boshqa iqlimning oʻsimlik va hayvonot uchun zarur boʻlgan yorugʻlik, issiqlik va namlik kabi birinchi darajali omillari — shamol, bulut, tuproq va atmosfera qurgʻoqchiligi, toʻzonlar kabi ikkinchi darajali omillar bilan birgalikda oʻrganiladi. Asosiy iqlim omillarini ekinlarning oʻsishi, rivoji, hosildorligiga taʼsirini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega. Oʻsimlik va iqlim omillari oʻrtasidagi miqdoriy bogʻlanishlar agroiqlimiy koʻrsatkichlar (oʻsimlikning vegetatsiya davrida issiqyaikka boʻlgan ehtiyojini ifodalovchi samarador harorat yigʻindisi, moʻljallangan hosilni yetishtirish uchun zarur nam miqdori va boshqalar) deb ataladi. Sugʻoriladigan zonalar uchun qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarining issiqlik, yogʻingarchilik, tuproq nam zaxirasi bilan taʼminlanganligi, ayrim hududlarning fizik-geografik xususiyatlarini eʼtiborga olib sovuqsiz davr davomiyligi, qorasovuqlarning takrorlanishi va hokazoni hisoblash usullari ishlab chiqilgan. Agroiqlimshunoslik tadqiqotlari ekinlarning nav xususiyatlarini hisobga olgan holda iqlim jihatlaridan oqilona joylashtirishga imkon beradi. Oʻzbekistonda agroiqlimiy tadqiqotlar V. A. Bugayev nomidagi Oʻrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiy tadqiqot institutida olib boriladi. Agroiqlimshunoslik sohasidagi tadqiqotlar asosida Jahon agroiqlimiy atlasi (1972-yil) nashr etilgan, Oʻzbekistonning agroiqlimiy rayonlashtirish xaritasi tuzilgan (1982). A.D. Babushkin, L. N. Agroklimaticheskoye rayonirovaniye xlopkovoy zoni Sredney Azii, L., 1960; Chirkov Yu. I., Osnovi agrometeorologi, L., 1988.Fotih Moʻminov.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil