Agtelek
Qiyofa
Agtelek (Baradla-Domitsa) — Yevropadagi eng yirik karst gʻorlaridan biri, Slovakiya Krasi (ohaktoshli plato)da joylashgan. Gʻorga Slovakiya tomondan ham (Domitsa), Vengriya tomonidan ham (Baradla) kiriladi. Umumiy uzunligi 25 km chamasida (shundan 15 km Vengriyada). Koʻp sonli yer osti zallarida stalaktit va stalagmitlar, koʻllar, yer osti daryolari (Stiks, Axeron) bor. Gʻor turistlar ziyorati uchun jihozlangan. Agtelekda sanatoriy, konsert zali ishlab turipti.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |