Ahad Haydarov
Qiyofa
Ahad Xoliqovich Haydarov (1911.20.4,Samarqand - 1971.11.11) — xirurg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950). Tibbiyot fanlari doktori (1960), professor (1960). SamTIni tugatgach (1936), Buxoro viloyati Kiziltepa tuman kasalxonasida vrach (1936—37), Samarqand viloyati Urgut tuman kasalxonasida bosh vrach (1937—39), SamTI operativ xirurgiya kafedrasida assistent (1940— 41), urush qatnashchisi (1941—45), SamTI gospital xirurgiya kafedrasida assistent (1946—50), umumiy xirurgiya klinikasida dotsent (1950—55). SamTI gospital xirurgiya kafedrasi mudiri (1958—71). Ilmiy ishlari aortaning koarktatsiyasiga va kuyishni operatsiya yoʻli bilan davolashga oid.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |