Ahlu-s-Suffa
Ahlu-s-Suffa (arab. - suffa ahli) - ilk islom davrida Muhammad (s.a.v.)ning Madinai Munavvaradagi masjidlari supalarida yashagan bechorahol sahobalar. Ularning uy-joyi, mol-dunyosi va ahli-oilasi bo‘lmagan. Ahlu-s-Suffa doimo Allohga tavakkul qilib yashardi. Yeyish, ichish va kiyinishlari musulmonlardan tushadigan sadaqalar evaziga bo‘lardi. O'zlari ham islomni tarqatish yo‘lida targ‘ibot ishlarini olib borardilar. Ular ilm olish, Payg'ambar (s.a.v.) dan hadis eshitishga zo'r berganlardir. Bu kambag‘allar va bechorahollar, rivoyat qilinishicha, keyinchalik so‘fiy aqidada taqvodorlik, xudojo‘ylik, zohidlik, tarkidunyochilik timsollariga aylandilar. Muhammad (s.a.v.) ham Ahlu-s-Suffa bilan uzoq suhbatlar qurishni xush ko‘rganlar, ularning tashvishlaridan ogoh bo‘lib turishni odat qilganlar. “Sufiy”, “Tasavvuf” so‘zlarining kelib chiqishini ba’zan Ahlu-s-Suffa nomi bilan bog‘laydilar[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.