Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Aʼzam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Aʼzam
Tavalludi 28-iyun 1949-yil
Vafoti 4-yanvar 2014-yil(2014-01-04)
(64 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Yoʻnalish yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
Veb-sayti
http://ahmadazam.uz/

Ahmad Aʼzam – taniqli yozuvchi, adabiy tanqidchi, ssenarist va telejurnalist. 1949-yil Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tug‘ilgan. 1971-yilda Samarqand davlat universitetining Oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini tamomlab, Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish faoliyatini boshlagan. Keyinchalik, “Guliston” jurnali, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, “Sovet O‘zbekistoni san’ati” jurnali redaksiya boʻlimida, shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat yuritgan. Keyinchalik siyosiy hayotga ham qo‘shilgan boʻlib, “Birlik” xalq harakati hamraisi va “Erk” demokratik partiyasining bosh kotibi bo‘lgan. 1999-2004-yillarda Oliy Majlis deputati sifatida faoliyat ko‘rsatgan[1].

1995-yildan boshlab Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, “Oʻzbekiston” telekanali bosh direktori va Oʻzbektelefilm studiyasining rahbari lavozimlarida ishlagan. O‘zbekiston televideniesida bir qancha ko‘rsatuvlar va hujjatli filmlarni yaratgan, ulardan eng mashhurlari: “O‘zlik”, “Xalqning ko‘ngli” va “To‘rtinchi hokimiyat”.

Adabiy merosiga nasriy asarlar, jumladan, “Oyning gardishi”, “Bu kunning davomi”, “Asqartog‘ tomonlarda”, “Soyasini yo‘qotgan odam” va “Hali hayot bor” kabi romanlar kiradi. Bundan tashqari, “Mas’ul so‘z” nomli adabiy-tanqidiy maqolalar to‘plami hamda “O‘zi uylanmagan sovchi”, “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” romanlari ham chop etilgan. Ahmad A’zam 2014-yilning 4-yanvar kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

  1. „Ahmad A’zam (1949-2014)“. ziyouz.com. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.