Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Qobil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Qobil
Tavalludi 1954
Vafoti 22-oktyabr 2012-yil
Mashhad, Eron Islom Respublikasi
Fuqaroligi Eron
Kasbi Musulmon ruhoniy

Ahmad Qobil (forscha: احمد قابل) – eronlik hujjat al-Islom shia musulmonlari ulamosi, ilohiyotchi, oʻqituvchi, tadqiqotchi va yozuvchi[1].

Qobil dissident ruhoniy Oyatulloh Husayn Ali Montazeriyning izdoshi boʻlgan va Eron hukumati tomonidan bir necha bor hibsga olingan[1]. 2012-yil 22-oktyabrda vafot etgan.

Hayat-é-No“ gazetasida jurnalist boʻlib ishlaganida. 2001-yil 31-dekabrda Ruhoniylar uchun maxsus sud qarori bilan hibsga olingan. Bu „Chegara bilmas muxbirlar“ xalqaro matbuot xizmatining noroziligiga sabab boʻlgan[2].

2009-yil dekabr oyida Husayn Ali Montazeriyning dafn marosimida qatnashish uchun Qumga ketayotganida hibsga olingan. Bungacha u „Hikmat va din“ loyihasi ustida ishlagan. Islohotchilar veb saytiga koʻra, 170 kunlik qamoqdan soʻng ozod qilingan, biroq 2010-yilning yozida „Mashhaddagi Vakilobod qamoqxonasidagi yashirin ommaviy qatllar va oliy rahbarni tanqid qilgani“ uchun qayta hibsga olingan[3].

2010-yil 14-dekabrda hukmron tuzumga qarshi ishlaganlikda va mamlakat oliy rahbarini haqorat qilganlikda ayblanib, 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan va unga apellyatsiya shikoyati uchun 20 kun muhlat berilgan[3]. 2011-yilning iyul oyida jazoni oʻta boshlagan, ammo oʻsha yozda miya shishi tugayli kasalxonaga yotqizilgan[1].

2012-yil 22-oktyabrda olti kunlik komadan soʻng kasalxonada vafot etgan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Prominent Iranian Dissident Cleric Ahmad Ghabel Dies“. Radio Free Europe (2012-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 24-oktyabr.
  2. PRESS ORGANISATIONS URGES IRANIAN CLERICS TO RELEASE JOURNALISTS (Wayback Machine saytida 2016-03-03 sanasida arxivlangan), PARIS 4 Jan. 2002 (IPS)
  3. 3,0 3,1 Iran reformer sentenced to jail, exile and fine[sayt ishlamaydi], By ALI AKBAR DAREINI, The Associated Press, December 15, 2010;