Kontent qismiga oʻtish

Ahmad Ziyoiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ahmad Ziyoiy (1906, Qashqar - ?) -uygʻur shoiri, dramaturg, tarjimon, navoiyshunos. Ijodida Navoiy an’a-nalarini davom ettirib, uning ilgʻor gʻoyalarini oʻz asarlariga tatbiq qilgan. "Xasta dillar" (1936), "Taqdir" (1940), "Muhammaslar" (1943), "Toʻzimas checha-klar" (1945) she’riy toʻplamlarida yuk-sak insoniy tuygʻularni tarannum etgan. "Vadoq yoʻlida karvon" romani (1948) va A. Nizoriyning "Robiya va Sa’din" dostoni asosida shu nomda musiqaviy drama yaratgan. Navoiy va Nizoriy gʻazallariga muhammaslar bogʻlagan. "Hazrat Navoiy va Abdurahim Nizoriy" asarida Navo-iy adabiy merosining Abdurahim Nizoriy ijodiga va umuman uygʻur adabi-yotiga ta’sirini taxlil etgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarini uygʻurchaga tarjima qilgan (1950 — 53).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil