Kontent qismiga oʻtish

Ahmad al-Ajnasiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmad ibn Muhammad ibn al-Ajnas ibn Yusuf ibn Ayyub ibn Hishom ibn al-Fazl ibn al-Asad ibn Bushr ibn Umar al-Ajnasiy al-Buxoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 902-yil (hijriy 290-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi azayimxonlik va sehrgarlik sohibi

Ahmad ibn Muhammad ibn al-Ajnas ibn Yusuf ibn Ayyub ibn Hishom ibn al-Fazl ibn al-Asad ibn Bushr ibn Umar al-Ajnasiy al-Buxoriy (Abu Muhammad) asli Buxoro ahlidan bo‘lgan. Iroqqa safar qilgan. Unda basralik va hijozlik olimlardan saboq olgan. Al-Ajnasiy azayimxonlik va sehrgarlikning sohibi hisoblangan. Uning bu xususdagi faoliyatidan ajoyibotlarni hikoya qiladilar. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Milodiy 902-yil (hijriy 290-yilning shaʼbon oyi)da vafot etgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 66-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.