Ahmad ash-Sharmaqoniy
Qiyofa
Ahmad ibn Muhammad ibn Hamdun ash-Sharmaqoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 928-yil (hijriy 316-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, adib |
Ahmad ibn Muhammad ibn Hamdun ash-Sharmaqoniy (Abul Fazl) — faqih va adib bo‘lgan. Fiqh va adab ilmlarida Xuroson shayxlaridan hisoblangan. Xuroson, Iroq, Shom, al-Jazira va Hijozda hadis o‘rgangan. Ibn Abu Shaybaning „al-Musnadal-kabiyr“ („Katta tayanch kitob“), „Ummahot“ („Asosiy manbalar“) asarlarini tinglagan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Milodiy taxminan 928-yil (hijriy 316-yil jumaduloxir oyining 15-sanasi)da Sharmaqonda vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 64-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |