Ahmad at-Tolaqoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad ibn Ismoil ibn Yusuf ibn Muhammad ibn al-Abbos al-Qazviniy at-Tolaqoniy, ash-shofiʼiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1118-yil (hijriy 512-yil)
Vafoti milodiy 1193-yil (hijriy 590-yil)
Dini Islom

Ahmad ibn Ismoil ibn Yusuf ibn Muhammad ibn al-Abbos al-Qazviniy at-Tolaqoniy, ash-shofiʼiy (Abulxayr, Raziyuddin) milodiy taxminan 1118-yil (hijriy 512-yil)da Qazvinda tugʻilib, 1193-yil (hijriy 590-yilning muharram oyi)da vafot etgan. Bag‘doddagi Nizomiya madrasasida o‘qigan va shu yerdagi vaʼzxonlik majlislarida ishtirok etgan. Xushsiyratli va solih o‘spirin bo‘lgan. Uning siyrati va suhbati haqida ko‘p maqtov so‘zlar aytilgan. O‘zi ham vaʼz ayta boshlagan, odamlar uni yaxshi qabul qilganlar. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • at-Tibyon fi masoili-l-Qurʼon“ („Qurʼondagi masalalarning bayoni“, ushbu asar haluliylar va jahmiylarga raddiya tarzida bitilgan);
  • Xasoisu-s-suol“ („Savollarga xos bo‘lgan xususiyatlar“);
  • Xatoiru-l-quds“ („Quddus xotiralari“)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 65 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.