Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy
Qiyofa
Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih,tilshunos,adib |
Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy(arabcha:أحمد بن محمد احسكاتي — Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy — Toʻliq ismi:Abu Rashod Ahmad ibn Muhammad ibn Qosim Axsikatiy(406/1067—535/1140)) — faqih,tilshunos,adib va tarixchi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy faqih, tilshunos, adib va tarixchi olim boʻlgan. Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy ilmiy merosini manbalardan maʼlum boʻlgan „Tarixi Abu Rashod“, „Az-zavoid“, „Devonu sheʼr“ asarlari tashkil qiladi. Ahmad ibn Muhammad Axsikatiy koʻplab hadislar bilganligi va qator xurosonlik ulamolarga ustozlik qilgani haqida maʼlumotlar bor. Samʼoniy ham Ahmad ibn Muhammad Axsikatiyning shogirdlaridan boʻlgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qoriyev O. A. Fargʻona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Margʻinoniy. — T.: FAN, 2019. — B. 53.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |