Kontent qismiga oʻtish

Ahmadjon Madaminov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ahmadjon Madaminov (1926, Qoʻqon — 2008, Qoʻqon), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1989), Filologiya fanlari nomzodi (1972).

Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan (1951), tuman va shahar maktablarida oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi boʻlib ishlagan (1951 — 1961), Qoʻqon adabiyot muzeyi (hozirgi Fargʻona viloyat adabiyot muzeyi)da ilmiy xodim, muzey direktori, yetakchi ilmiy xodim (1961 — 1098) lavozimlarida faoliyat koʻrsatgan. U Haziniyning «Tasadduq, yo Rasululloh» (1992), Mirzo Hoʻqondiyning «Yigirma hikmat» (1992), Midhatning «Orzu» (1995), Muqimiy, Furqat, Zavqiy sheʼrlaridan iborat «Yangi bayoz»ini (1997), Haziniyning «Devon»ini (hammuallif, 1999) va Zavqiyning «Ajab zamona» (hammuallif, 2003) kitoblarini nashrga tayyorlagan[1].

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016].