Ahmadshoh maqbarasi
Ahmadshoh maqbarasi – mahalliy aholi orasida Badshah no Hajiro yoki Raja no Hajiro (Qirol maqbarasi) nomi bilan tanilgan, Hindistonning Ahmadobod shahridagi oʻrta asrga oid masjid va qabrlar majmuasidir. Ahmadshohning qabri Jomʼe masjidi va Manek Chovk yaqinida joylashgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid markazida Ahmadobod asoschisi Ahmadshoh I ning qabri joylashgan. Uni chap tomonida oʻgʻli Muhammadshoh II (1442–1451) dafn etilgan. Oʻng tomoniga esa nabirasi Qutbiddin Ahmadshoh II (1451–1458) dafn etilgan. Ahmadshoh ukasining qabri asosiy xonadan tashqarida joylashgan. Ahmadshoh qabriga hozir ham gullar va chadarlar qoʻyishadi[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid katta markaziy gumbazli kvadrat shakldagi bino shaklida qurilgan. Toʻrt burchagida kichikroq gumbazli toʻrtta xona mavjud. Qabrlar markazda joylashgan. Xonalar nozik oʻyilgan tosh ekranlar bilan yoritilgan (jaalis)[3][4].
Bu yerga ayollarning kirish taqiqlangan, erkaklar kirishdan oldin boshlarini yopishlari kerak. Yoʻlning narigi tomonida bir necha vazirning qabri ham bor[5].
Naubat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Naubat – milliy orkestr. U qirolning kelishi va ketishini eʼlon qilgan, maxsus mehmonlarni kutib olish, urushlar boshlanishini eʼlon qilish va qirol oilalarida farzand tugʻilganligi, yoki oʻlganligi, yo ularning nikohi haqida xabar berishgan. Naubat hozirgacha qabr yonida Ahmadshoh xotirasi uchun chalishadi. Naubat musiqachilarining toʻqqizinchi avlodi har kuni Naubat Xonada, qabr eshigi ustidagi baraban xonasida nagara va shehnay chaladi. Ular shohlik davrida quyosh botishini eʼlon qilish uchun kechqurun Naubat chalishgan va tunda qal’a darvozalari yopilishini eʼlon qilishgan. Ular har kuni 19:30 (yoki quyosh botishi) va 23:00 da chalishgan. Payshanba va juma kunlari yana uchta Naubat chalingan, jumladan: 09:00, 12:00 va 15:00 da[6].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Badshoh no Hajiro, Ahmadshoh qabri
-
Qabr darvozasi
-
Qabr derazalaridagi panjaralar
-
Panjara ishi
-
Panjara ishi
-
Qabr
-
Ustunlar va oynalar
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ward. Gujarat–Daman–Diu: A Travel Guide. Orient Longman Limited, 1 January 1998 — 26–27-bet. ISBN 978-81-250-1383-9.
- ↑ Ward. Gujarat–Daman–Diu: A Travel Guide. Orient Longman Limited, 1 January 1998 — 26–27-bet. ISBN 978-81-250-1383-9.
- ↑ Ward. Gujarat–Daman–Diu: A Travel Guide. Orient Longman Limited, 1 January 1998 — 22-bet. ISBN 978-81-250-1383-9.
- ↑ Dr. Shiv Sharma. India - A Travel Guide. Diamond Pocket Books (P) Ltd. — 491-bet. ISBN 978-81-284-0067-4.
- ↑ Ward. Gujarat–Daman–Diu: A Travel Guide. Orient Longman Limited, 1 January 1998 — 26–27-bet. ISBN 978-81-250-1383-9.
- ↑ Anjali H. Desai. India Guide Gujarat. India Guide Publications, November 2006 — 93-bet. ISBN 978-0-9789517-0-2.