Kontent qismiga oʻtish

Maʼsuma Ahmedova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ahmedova Ma’sumadan yoʻnaltirildi)

Maʼsuma Ahmedova (1921—1972; Buxoro) — zardoʻz, Oʻzbekiston xalq rassomi. Yoshligidan Buxoro zardoʻzlik fabkasining ishchisi. Buxoro zardoʻz ustalari Rasul Vosiyev, Gʻaybulla Muhamedovlardan taʼlim olgan, N. Aminov, R. Mirzayevlar tajribasidan oʻrgangan. Zardoʻzlik sanʼati va badiiy usullarini mukammal egallagan. Badiiy buyumlarga naqshlar ishlagan, nodir zardoʻzi soʻzanalar yaratishda qatnashgan: „Buzilmas ittifoq“ (1957), „Girih“ (1962, ikkalasi ham V. Stolyarov chizgisi asosida), „Anor“ soʻzanalari va boshqalar. Ayniqsa, „Bayram“ soʻzanasi (1958, chizgisini V. Stolyarov bilan hamkorlikda chizgan, hammasi Amaliy sanʼat muzeyida) zardoʻzlik sanʼati anʼanalarining yorqin namunasidir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil