Kontent qismiga oʻtish

Buxoro Zardoʻz aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buxoro "zardoʻz" aksiyadorlik jamiyati — oʻzbek milliy zardoʻzi kiyim va buyumlar tayyorlovchi korxona. Buxorodagi zardoʻzlik artellari asosida 1963-yilda Buxoro zardoʻzlik fabrikasi nomi bilan tashkil qilingan. 1991-yildan hozirgi nomda. Yuksak san’at namunasi boʻlgan har xil zar doʻppi, toʻn, shoyi qiyiq, xotinqizlarning nimchalari, soʻzanalar, teatrlar va saroylar uchun zardoʻzi pardalar, uy ichida kiyiladigan poyabzal, sovgʻa buyumlari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. 1994—97 yillarda qoʻshimcha tikuv sexi, sovgʻabop mahsulotlar ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi. Korxonada Buxoro zardoʻzligi an’analarini yangi izlanishlar bilan boyitgan koʻplab xalq ustalari (jumladan Oʻzbekiston Qahramoni Muyassar Temirova) mehnat qiladi. Korxona mahsulotlari koʻp marta jahon, respublika koʻrgazmalarida namoyish etilgan va sovrinlar olgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil