Kontent qismiga oʻtish

Ahmet Yalçınkaya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ahmet Yalçınkaya (1963-yil tugʻilgan) - turk shoiri va akademigi.

Boshlangʻich va oʻrta sinflarni Gʻarbiy Olmoniyada, yuqori sinflarni esa Istanbulda oʻqidi (1981). Bogʻazichi Universiteti, Istanbul Texnika Universiteti, Anadolu Universiteti va Rutgers Universitetida muhandislik, robot va menejment boʻyicha taʻlim oldi. Turli korxonalarda yuqori lavozimlarda ishladi. Oʻzbekistondagi Namangan Muhandislik Pedagogika Institutida oʻqituvchilar kengashida faoliyat olib bordi. Qisqacha, Germaniyada oʻsdi, Turkiyada oʻqidi, AQShda yozdi va Oʻzbekistonda ishladi. Yaqinda Turkiyaga qaytdi. Hozirda boshqaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda va Blekinge Texnologiya Institutida ilmiy ishlar bilan shugʻullanmoqda.

Turkiya, Olmoniya, Angliya, Gollandiya, Misr va Oʻzbekistonda nashr qilingan Mavera, Kiragʻi, Harman, Endulus, Vahdet, Zaman, Al-Ahram Weekly, Impakt, Das Licht ve Yosh Kuch kabi koʻplab gazeta va jurnallarda she`r, maqola, insho, xat, suxbat, nasr va nazm tarjimalari chop etildi. Koʻplab taxalluslar bilan ijod qildi va turli mukofotlarga sazovor boʻldi. Kiragʻi she`riy jurnalining Istanbuldagi vakili sifatida ishladi (1995-97). Endulus jurnalining nashriyot kengashiga a`zolik qildi (1997-98). Bir guruh doʻstlari bilan Mevsim jurnalini chop etish xarakatida tayorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Dagʻlarda Yer Yok (Togʻlarda Joy Yoq, 1997), Yetim Kalan Shiirler (Yetim qolgan sheʻrlar, 2001), Yuragimning Koʻz Yoshi (Saylanma, 2001) va Oʻzlem Sularinda (Sogʻinch, Elektron kitob, 2004, 2005, 1-Nashr, 2005) nomli sheʻriy toʻplamlari va Richard Mildston bilan xamkorlikda yozilgan Poems of the Night (Tun she`rlari, 2005) nomli sheʻriy antologiya nashr qildi. Bundan tashqari Production and Utilisation of Biogas (Biogaz ishlab chiqarish va undan foydalanish, 1987, 2005) va Dual Sayıların Robot Kinematik ve Dinamigʻinde Kullanımı (Dual sonlardan robot dinamika va kinematikasida foydalanish, 1991, 2005) kabi texnik soxaga oid asarlari mavjud.

Tashqi Bogʻlanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]