Sirojiddin Ahmetov
Ahmetov Sirojiddin (1928-yil 9-dekabr, Chimboy tumani — 1996-yil Nukus) — qoraqalpoq adabiyotshunosi. Oʻzbekiston (1975) va Qoraqalpogʻiston (1973)da xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori (1966), professor (1970). Nukus davlat pedagogika institutini tugatgan (1947). Shu institutda Ukituvchi, kafe-dra mudiri, dekan (1948—50, 1954-76), Qorakalpogʻiston davlat untida dekan (1976—81), kafedra mudiri (1981 ydan). Ilmiy ishlari qoraqalpoq adabiyotining taraqqiyot bosqichlari, turli janrla-ri va ularning rivoji kabi mavzular-ga bagʻishlangan. „Adabiyot va tanqid“ (1978), „Qoraqalpoq adabiy tanqidi va adabiyotshunosligi tarixidan“ (1980) va boshqa asarlar, shuningdek darslik, oʻquv Koʻllanmalari muallifi. Berdaq nomi-dagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1983).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |