Kontent qismiga oʻtish

Nukus

Koordinatalari: 42°28′0″N 59°36′0″E / 42.46667°N 59.60000°E / 42.46667; 59.60000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nukus
shahar
42°28′0″N 59°36′0″E / 42.46667°N 59.60000°E / 42.46667; 59.60000
Mamlakat Qoraqalpog’iston
Shahar Nukus
Hukumat
 • Hokim Abatbay Daniyarov
Asos solingan 1930 yil 12 Noyabr
Avvalgi nomlari Okus,Nukas,Nukuz
Maydon 222 km2 (86 kv mi)
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i Qoraqolpoq Uzbek
Aholisi
336,431 [1]
Zichligi 1518,4 kishi/km2
Milliy tarkib Qoraqolpoq Qozoq Uzbek Rus va boshqalar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 61
Pochta indeks(lar)i 230100
Avtomobil kodi 95
[[File:|290px|Nukus xaritada]]
Nukus
Nukus

Nukus (qoraqalpoqcha: Nókis) – Qoraqalpogʻistondagi shahar (1932-yildan). Qoraqalpogʻiston poytaxti, Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shim, da Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Qoraqolpog’istonning ilim- fan,madaniy va siyosiy markazi. Aholisi 336,4 ming kishi. Oʻrtacha temperatura iyunda 27°, yanvarda —6,9°, maksimal temperatura 46°, minimal temperatura —32°. Temir yoʻl stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 222 km².

Nukus nomi qoraqalpoqlarning eski qabila nomi Nukusdan kelib chiqqan.Nukus xaliq orasida “To’qqiz oda’m ” dega’n manoni bildirishi haqqida ko’p a’ytiladi. Nukusda bizning eramizga qadar 3-4 a’sirlarda odamlar yashashni boshlagan. 19 asirda Qaraboyli bo’ylarida Nukusning ekki Qo’rg’oni bo’lga’nligi haqqida’ sayohatchi Vlamberi 1863 yili Xivadan Qong’irotga Amudaryo bo’lyab kemada’ suziganida’ ko’rga’ni haqqida aytkan Nukus urug’lari Sarimay o’zani buylarida yashagan bunnan ertaroqda’ esa’ Arol Dengizi buylarida yashagan.Arxelogiyaliq qa’zilmalarga qa’raganda Qa’dimgi Shursha qa’lasi deb atalgan Qo’rg’onning urnida qurilgan Bu qo’rg’on 4 asirda avvalgi Xorazim da’vlati ushun muhum erlardan biri sanalgan bu xa’rbiy qo’rg’on sifatida foydalanilgan Xora’zim chegarasi va Amudaryo suv yullarini nazorat qilgan, qo’rg’on yon a’tropida Qoraqolpoqlar yashagan.Hozirga qa’dar qo’rg’on o’rni sa’qlanib qolga’n [2]. Nukus 1932-yildagi kichik aholi punktidan 1950-yillarga kelib keng xiyobonlari va yirik jamoat binolariga ega yirik, zamonaviy shaharga aylandi.

Sovetlar hukmronligi davrida Nukus shahri Qizil Armiyaning Kimyoviy tadqiqot instituti, kimyoviy qurollar boʻyicha yirik tadqiqot va sinov markaziga aylantirilgan. 2002-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vazirligi Novichok moddasi uchun asosiy tadqiqot va sinov maydonchasi boʻlgan Kimyoviy tadqiqot institutini 6 million dollarlik mablagʻ yordamida hamkorlikda tahdidlarni kamaytirish dasturi doirasida demontaj qildi[3][4].

Sovet hukumati hokimiyat tepasiga kelgandan soʻng Toʻrtkoʻl shahri Qoraqalpogʻiston avtonom viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. 1932-yilda Nukus shahri rasman tashkil topdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoraqalpogʻiston iqtisodiyoti, davlat boshqaruvi, siyosati va madaniyatining markazidir[5] .

Aholisi 336,4 ming kishi (2023); 1974-yilda 88 ming; 1959-yilda 39 ming; 1939-yilda 10 ming); aso-san, qoraqalpoqlar; qozoq, oʻzbek, rus, koreys, tatar va boshqa ham yashaydi.

Sanoat va transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi Nukus shahri oʻrnida 19-asrning 60-yillarida Nukus ovuli mavjud boʻlgan. 1870-yillardan Nukusda savdo-sotiq, hunarmandchilik, baliq ovlash birmuncha rivojlandi, Amudaryoning suv rejimini nazorat qiluvchi gidrologik post qurildi. Rus mustamlakachilari Nukusda 1500 kishilik garnizonni joylashtirdi. 1877-yil rus-tuzem maktabi ochildi. 20-asrning boshlarida Nukus ovuli Amudaryoningoʻng so-hilidagi eng yirik aholi punktlaridan biriga aylandi. 1930-yil 12-noyabrda Qoraqalpogʻiston Muxtor Respublikasining markazini Toʻrtkoʻl shahridan Nukus ovu-liga koʻchirish haqida qaror qabul qilindi. 1932-yildan Nukusda yangi maʼmuriy binolar qurilishi boshlandi. 1939-yil Respublika maʼmuriyati Nukus shahriga koʻchib oʻtdi.

Shaharning yirik avtomagistrallar tu-gunida joylashgan-ligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus—== == Toshhovuz, Nukus – Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy – Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjay-lini bogʻlaydigan koʻprik. 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin – Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, gʻisht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish boʻyicha Qoraqalpoq—Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mah-suloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan.

Madaniyat va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nukus – Qoraqalpogʻistonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasilarining Qoraqalpogʻiston filiallari, Oʻzbekiston terivenerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, Qoraqalpogʻiston universiteti, oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari ishlab turibdi. 43 umumiy taʼlim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 oʻrta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi oʻz dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ashxobod telekoʻrsatuvlarini ham olib koʻrsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultatsiya punktlari, tez yordam stansiyasi bor. Ber-daq nomidagi davlat musiqali drama teatri, filarmoniya, sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, 5 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr, markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bogʻi mavjud.

Nukus Oʻzbekistonning yosh va kurkam shaharlaridan biri. Shahar 1936-yilgi bosh plan asosida kurila boshlagan edi. 1965-yil yangi bosh plani boʻyicha (meʼmor A. M. Erkaboyev va muxandis T. Z. Ziyoyev) Nukus koʻkalamzorlashtirilgan toʻgʻri toʻrtburchakli dahalarga boʻlingan.

Oʻzbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qoʻshayotgan munosib hissasi va shaharning 70 yilligi munosabati bilan Nukus „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlandi (2003-yil 11-sentabr)[6].

Diqqatga sazovor joylari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nukus shahri manzarasi.

Nukusda Nukus sanʼat muzeyi (Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi deb ham ataladi) va Davlat muzeyi joylashgan. Davlat muzeyida arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan odatiy eksponatlar, anʼanaviy zargarlik buyumlari, liboslar va musiqa asboblari, hududning yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi, Orol dengizi muammosiga oid koʻrgazmalar mavjud. Sanʼat muzeyi 1918-yildan 1935-yillarga oid zamonaviy rus va oʻzbek sanʼati kolleksiyasi bilan mashhur. Stalin bu davrdagi barcha nosovet sanʼatini yoʻq qilish uchun bor kuchini sarfladi va koʻpchilik rassomlarni gulagga yubordi. Savitskiyning oʻzi ham, Nukusdagi kolleksiya ham saqlanib qolgan, chunki shaharning Sovet hokimiyatidan uzoqda joylashgani uning taʼsirini sezilarli kamaytirgan. „The Desert of Forbidden Art“ hujjatli filmi shu toʻplam tarixini aks ettiradi[7].

Nukusda Amet va Ayimxon Shamuratovalar uy-muzeyi ham qoraqalpoq musiqasi madaniyati markazi hisoblanadi. Muzey kolleksiyasida Shamuratovlarning shaxsiy buyumlari, jumladan, sahna kiyimlari, fotosuratlar, qoʻlyozmalar, kitoblar, xatlar saqlanadi[8].

Nukus va uning atrofiga Nukus aeroporti xizmat koʻrsatadi.

Nukus – Oʻzbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxti. 2022-yil iyul oyida minglab odamlar shaharda Qoraqalpogʻistonni avtonomlikdan mahrum qiladigan konstitutsiyaga taklif qilingan oʻzgartirishga qarshi norozilik namoyishlari oʻtkazdilar[9].

  1. „Число постоянных жителей в Республике Каракалпакстан на 1 июля 2023 года“. 2019-yil 21-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-avgust.
  2. Slovar sovremennix geograficheskix nazvaniy. – Yekaterinburg: U-Faktoriya. Pod obщey redaksiey akad. V. M. Kotlyakova. 2006.
  3. Miller, Judith. „U.S. and Uzbeks Agree on Chemical Arms Plant Cleanup“ (1999-yil 25-may). Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  4. John S. Wolf. „Hearing, First Session“. Committee on Foreign Relations. United States Senate (2003-yil 19-mart). — „Hon. John S. Wolf, Assistant Secretary of State for Nonproliferation: ... DOD completed a project to dismantle the former Soviet CW research facility at Nukus, Uzbekistan in FY 2002“. Qaraldi: 2018-yil 13-mart.
  5. „Nukus“. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.[sayt ishlamaydi]
  6. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2001
  7. Tom Bissell, Chasing the Sea, Pantheon (2003). ISBN 0-375-42130-0. p. 323–324.
  8. „Nukus travel guide“ (en-US). Caravanistan. Qaraldi: 2019-yil 2-dekabr.
  9. Ayubova, Parvina „How the Aral Sea disaster created unrest in contemporary Uzbekistan“. gal-dem (2022-yil 24-oktyabr). 2023-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.