Nukus xalqaro aeroporti
Nukus xalqaro aeroporti Nókis Aeroportı Нөкис Аэропорты Нукус халқаро аэропорти | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: NCU – ICAO kodi: UTNN | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | yo'lovchi tashish | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
Xizmat doirasi | Nukus, Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | 76 m / 249 ft | ||
Koordinatalari | 42°29′18″N 59°37′24″E / 42.48833°N 59.62333°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
15/33 | 3 000 | 9,843 | Beton |
07/25 | 600 | 1,969 | Beton |
Manba:[1][2] |
Nukus xalqaro aeroporti (qoraqalpoqcha: Nókis Aeroportı, Nөkis Aeroporti) (IATA: NCU, ICAO: UTNN) Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahridagi xalqaro aeroport[2].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1960-yillarda qurilgan aerodromning sunʼiy (asfalt-beton) uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 1900 m boʻlgan (hozir u avtomobil yoʻli sifatida ishlatiladi).
1980-yillarning boshlarida eski uchish-qoʻnish yoʻlagiga parallel ravishda uzunligi 2500 m boʻlgan yangi beton uchish-qoʻnish yoʻlagi qurildi va 1990-yillarning boshlarida u 3000 m gacha uzaytirildi, bu esa hajmi kengroq Il-86 samolyotlarini joylashtirish imkonini berdi[3]. Nukus aerodromidan SSSR davrida Orolboʻyida zaxira aerodromi sifatida foydalanilgan.
1960-yillardan 1990-yillarning boshlariga qadar aeroportdan An-2 samolyotlarida mahalliy havo liniyalarida (xususan, Moʻynoq, Qoʻngʻirot, Urganch, Taxtakoʻpir, Qozoqdaryo, Aspantay, Tuley punktlariga) yoʻlovchi reyslari amalga oshirilgan.
1990-yillar boshigacha SSSR Fuqaro aviatsiyasi vazirligining Oʻzbekiston boshqarmasining 162-parvoz otryadi (An-2, Yak-40 samolyotlari) Nukus aerodromida joylashgan edi.
Sovet davrida Nukus aerodromidan harbiy aerodrom sifatida ham foydalanilgan. Bu yerda 287-alohida sinov aviatsiya eskadroni joylashgan – 22581-harbiy qism (An-26 samolyotlari, Mi-8 vertolyotlari) yaqin atrofdagi Ustyurt platosida ishlagan „Sakkizinchi kimyoviy mudofaa stansiyasi“ harbiy poligonini qoʻriqlagan. 1993-yilda eskadron Rossiyaga Bagay-Baranovka aerodromiga koʻchirildi.
2005-yilda aeroportda yangi terminal qurildi[4], 2006—2007-yillarda zamonaviy yoritish uskunalari oʻrnatildi[5].
2014-yil holatiga koʻra, bir qator An-2 samolyotlari Nukus aerodromida joylashgan boʻlib, Qoraqalpogʻistonda aviatsiya ishlarida foydalaniladi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Nukus“ xalqaro aeroporti Davlat unitar korxonasi „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ Milliy aviakompaniyasining tarkibiy boʻlinmasi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining poytaxti Nukus shahridan tashqarida, uning shimoliy qismida joylashgan. Aeroportdan respublika ichidagi, shuningdek xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha muntazam yoʻlovchi qatnovlari, charter yuk tashuvlari bajariladi. Aerodrom „B“ klassga mansub va deyarli barcha turdagi samolyotlar va vertolyotlarni qabul qila oladi. 1- klass samolyotlari uchun uchish qoʻnish yoʻlagining uzunligi 3000 metr, kengligi - 45 metr, uning boʻylamasiga ICAO 1-toifasiga javob beradigan zamonaviy yorugʻlik signal beruvchi jihozlar oʻrnatilgan. Xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy, aeronavigatsion va meteojihozlar mavjud. Aerovokzal bir soatda 200 tagacha yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadi. Aerovokzal majmuasi ikkita terminaldan iborat boʻlib, uchib ketadigan va uchib keladigan yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish zallari, xalqaro va mahalliy yoʻnalishlardagi bagajga, pochtaga va yukka ishlov berish kabilarni oʻz ichiga oladi. Aeroportning asosiy funksiyasi – xalqaro va mahalliy yoʻnalishlardagi havo yoʻllariga sifatli xizmat koʻrsatish, havo transporti sohasida tadqiqotlar olib borish va yangi ishlanmalar hamda texnologiyalarni joriy etishdan iborat[6]. 2018-yil 11-iyuldan Nukus xalqaro aeroportining yangilangan yoʻlovchi terminali ishga tushdi[7]. Terminal hozirda soatiga 400 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Konysbay Nuratdinovning (Nukus xalqaro aeroporti yoʻlovchi tashish xizmati rahbari) maʼlum qilishicha, Qozogʻistonning Scat Airlines aviakompaniyasi bilan Olmaota va Oqtaudan Nukusga reyslar ochish boʻyicha muzokaralar olib borilmoqda.
Nukus aeroportida 2019-yil yozidan „Ochiq osmon“ rejimi ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi[8]. 2020-yil 12-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirining Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida „Ochiq osmon“ rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi imzolandi[9]. Buyruqqa muvofiq „Ochiq osmon“ rejimi Qarshi, Nukus, Termiz, Buxoro, Navoiy va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda hech qanday cheklovlarsiz tashkil etililishi belgilandi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Airport diagram for UTNN, 2013-01-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-24
- ↑ 2,0 2,1 Aeroport haqida Nukus, Uzbekistan (UTNN / NCU) Great Circle Mapper'da.
- ↑ Il-86. Istoriya serii. (Wayback Machine saytida 2009-08-19 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Аэропорт Нукус: перспективы развития“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-dekabr.
- ↑ „В аэропорту "Нукус" (Узбекистан) установлено новое светосигнальное оборудование“. 2007-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 15-dekabr.
- ↑ arxiv nusxasi, 2017-11-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-06-26
- ↑ „Обновленный терминал аэропорта Нукуса начал работу“ (deadlink). 2018-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-sentyabr.
- ↑ „Nukus aeroportidagi “Ochiq osmon” rejimi 2019 yil yoz faslida ishga tushiriladi“ (17 yanvar 2019). Qaraldi: 5 oktyabr 2023.
- ↑ „1 avgustdan “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi“ (2020-yil 17-iyun). Qaraldi: 5 oktyabr 2023.
- ↑ „“Ochiq osmon” rejimi raqobatni kuchaytiradi, narxlarni tushiradi, turistlar oqimini oshiradi“ (2020-yil 18-iyun). Qaraldi: 5 oktyabr 2023.