Kontent qismiga oʻtish

Sariosiyo aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sariosiyo aeroporti
IATA kodi: mavjud emasICAO kodi: UTSR
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Surxondaryo
Joylashuvi Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 5 774,27 ft / 1 760 m
Koordinatalari 38°24′27.606″N 67°56′45.516″E / 38.40766833°N 67.94597667°E / 38.40766833; 67.94597667
Xarita
UTSR (Oʻzbekiston)
UTSR
Oʻzbekiston xaritasida
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
07/25 1,200 3,937 asfalt
Manba:[1]

Sariosiyo aeroporti (IATA: -ICAO: UTSR)– Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi aeroport[2][3].

2023-yil 16–17-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezident Surxondaryo viloyatiga tashrifi buyurgan. Tashrif davomida prezident 2024-yilning 1-yanvardan boshlab, Surxondaryo viloyatning Sariosiyo tumanidan „ATR-72“, „Let L-410“ yoki undan kichik turdagi havo kemalari orqali mahali aholi va turistlar uchun mahalliy yoʻnalishlarda reyslarni yoʻlga qoʻyish topshirigʻini berilgan. 2024-yil 5-yanvar kuni Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, „Uzbekistan airways“ AJ va „Uzbekistan airports“ AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh 2024-yil 5-yanvar kuni „Let L-410“ havo kemasida Toshkent – Termiz, Termiz – Sariosiyo, Sariosiyo – Toshkent yoʻnalishida ilk sinov parvozlarini amalga oshirgan[4].

  1. Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
  2. „2024-yildan Sariosiyo aeroportiga qatnovlar tiklanadi — prezident“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  3. „Sariosiyoda fuqaro aviatsiyasi faoliyati tiklanadi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
  4. „Aviaqatnovlar Shahrisabz va Sariosiyo aeroportlariga tiklanadi, Zomin aeroportiga yoʻlga qoʻyiladi“. yuz.uz. yuz.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.