Kontent qismiga oʻtish

Uzbekistan Airports

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Uzbekistan Airports“ AJ
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Sanoat Boshqaruv organ
Maqomi Amalda
Ishga tushgan sanasi 27-noyabr, 2018-yil (6 yil avval) (2018-11-27)
Joylashuvi Toshkent shahri, Sergeli tumani, Qumariq koʻchasi, 13-uy
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Direktori Umarxodjayev Javlonbek
Ishchilar soni 7203
Vebsayti uzairports.com
Til(lar)i oʻzbek, rus, ingliz

„Uzbekistan Airports“ AJ  (ruscha: AO „Аэропорты Узбекистана“, inglizcha: „Uzbekistan Airports“ JSC) – Oʻzbekiston Respublikasining barcha xalqaro aeroportlarining yagona boshqaruv organini boshqaruvchi tashkilot[1]. AJ boshqaruvdagi jamiyatlarda infratuzilma, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy jarayonlarni modernizatsiya qilish va optimallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, aeroportlarni strategik rivojlantirishsiyosatini belgilaydi. 2024-yil 22-yanvar holatiga koʻra, „Uzbekistan Airports“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 7,792 trillion soʻmni tashkil etadi[2]. Jamiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi, qonun va boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq olib boradi.

2018-yil 27-noyabrda „Uzbekistan Airports“ aksiyadorlik jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiing „Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-5584-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan[3].

2020-yil 27-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni va davlat aktivlarini xususiylashtirishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-6096-son farmoniga muvofiq jamiyatning ustav kapitalidagi davlat ulushining 100 foizi jamiyatning yagona aksiyadori sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga oʻtkazildi[4].

2021-yil 30-apreldan „Uzbekistan Airports“ aksiyadorlik jamiyati Prezidentning 5100-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarining barcha turdagi faoliyatining umumiy boshqaruvni amalga oshiradi[5].

2021-yil 1-noyabrdan „Uzbekistan Airports Handling“ MChJning Toshkent aeroportida UzPort brendi ostida faoliyat yurituvchi shoʻba korxonasi „Uzbekistan Airports“ AJ tarkibiga kiradi[6]. 2022-yil 1-noyabrdan boshlab esa „Uzbekistan Airports Cargo“ MChJning „Toshkent“ aeroportining pochta-yuk kompleksi negizida tashkil etilgan shoʻba korxonasi „Uzbekistan Airports“ AJ tarkibiga kiradi.

Davlat ulushi AJga oʻtkaziladigan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Z. M. Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Buxoro xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Qarshi xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Navoiy xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Nukus xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Namangan xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Samarqand xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Termiz xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Urganch xalqaro aeroporti“ MCHJ;
  • „Fargʻona xalqaro aeroporti“ MCHJ.
  • Javlonbek Oybekovich Umarxodjayev – boshqaruvi raisi[7][8][9][10];
  • Anvar Abdugafurovich Abdukadirov – boshqaruv raisining moliya-iqtisod masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari;
  • Behzod Abdulazizovich Yusupov – boshqaruv raisining aviatsiya xavfsizligi va rejim boʻyicha oʻrinbosari;
  • Bohodir Mirhosilovich Mirusmanov – boshqaruv raisining xodimlar boʻyicha oʻrinbosari;
  • Sardor Mahmudjanovich Abdullaev – boshqaruv raisining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari;
  • Shovkat Kamilovich Toʻlaganov – boshqaruv raisining kapital qurilish boʻyicha oʻrinbosari;
  • Bositxon Baxadirovich Rasulov – boshqaruv Raisining alohida muhim parvozlar boʻyicha oʻrinbosari;
  • Shavkat Samatovich Samatov – boshqaruv raisi devoni rahbari.