So‘x aeroporti
So‘x aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: mavjud emas – ICAO kodi: mavjud emas | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Oʻzbekiston | ||
Operator | Oʻzbekiston havo yoʻllari | ||
Xizmat doirasi | So‘x | ||
Joylashuvi | So‘x, Farg‘ona viloyati, Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | 5 774,27 ft / 1 760 m | ||
Koordinatalari | 39°56′47.764″N 71°8′47.016″E / 39.94660111°N 71.14639333°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
07/25 | 700 | 2 296 | asfalt |
Manba:[1] |
Soʻx aeroporti — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanidagi aeroport. Aeroport 2021-yilning 1-noyabr kuni ochilgan[2]. Aeroportning umumiy maydoni 7 gektarni tashkil etadi. Aeroport majmuasining uchish va qoʻnish maydonchasining uzunligi 700 metr va eni 100 metrni tashkil etadi[3]. Aviaqatnovlarni O‘zbekistondagi „Humo Air“ aviakompaniyasining An-2 samolyoti hamda „Oʻzbekiston havo yoʻllarining“ „Uzbekistan Helicopters“ MChJga qarashli MI-8 vertolotlari amalga oshiradi[4]. Soʻx aeroportiga ilk parvoz Fargʻona xalqaro aeroportidan „Humo Air“ aviakompaniyasiga qarashli An-2P yoʻlovchi tashish samolyotida amalga oshirilgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga koʻtarilgan layner soat 13:10 da Soʻx aeroportiga kelib qoʻngan. Layner parvozi 40 daqiqani tashkil qilgan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Aeroport haqida TMJ Great Circle Mapper'da.
- ↑ „https://www.gazeta.uz/uz/2021/10/18/sokh-airport/“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
- ↑ [So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi „So‘x tumanida aerodrom qurish boshlandi. Ishlarni may oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan“]. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
- ↑ „So‘x tumanida aerodrom qurilishi boshlandi“. oz.sputniknews.uz. oz.sputniknews.uz. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.
- ↑ „So‘x aeroportiga sinov parvozi amalga oshirildi“. Gazeta.uz. «Gazeta News» MChJ. Qaraldi: 13-iyul 2024-yil.