Kontent qismiga oʻtish

Sirdaryo (shahar)

Koordinatalari: 40°51′0″N 68°40′0″E / 40.85000°N 68.66667°E / 40.85000; 68.66667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sirdaryo
shahar
40°51′0″N 68°40′0″E / 40.85000°N 68.66667°E / 40.85000; 68.66667
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Sirdaryo viloyati
Asos solingan 1971
Rasmiy til(lar)i oʻzbekcha
Aholisi
 (2002)
33 ming
Milliy tarkib oʻzbeklar, tojiklar, ruslar
Konfessiyaviy tarkib Musulmonlar, Xristianlar v.h
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi 8367
Sirdaryo xaritada
Sirdaryo xaritada

Sirdaryo — Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi shahar, tuman markazi. 1971-yilgacha shahar posyolkasi. Toshkentdan 80 km janubi-gʻarbda, Toshkent — Xovos temir yoʻlidagi stansiya. Sirdaryoning chap sohilida joylashgan. Viloyat markazi Gulistondan 40 km. Aholisi 30 ming kishidan koʻproq (2002). Sirdaryoda tuman hokimiyati binosi, sanoat, transport, aloqa, qurilish korxonalari, banklar mavjud. Paxta tozalash, sut, non, gʻisht zavodlari, MTP, 3 qoʻshma, 80 xususiy va kichik korxona, 50 dan ziyod firma, qandolatchilik, kvas va limonad ishlab chiqarish korxonalari faoliyat koʻrsatadi. Dehqon bozori, supermarket, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shahobchalari mavjud. Umumiy taʼlim maktablari, pedagogika kolleji, bolalar sanʼat maktabi, sport maktablari, kasb-hunar maktabi, markaziy stadion, tuman markaziy kasalxonasi, shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi, 3 madaniyat uyi, tuman markaziy kutubxonasi va uning tarmoqlari bor. Yangi qurilgan avtovokzal, kasalxona, dorixona va boshqa savdo, maishiy obʼyektlar ishlab turibdi.[1] Shuningdek, shaharda Xitoy bilan hamkorlikda "Peng-sheng", Germaniya bilan hamkorlikda " Oyna va shisha" ishlab chiqaruvchi sanoat zavodlari, Hindiston bilan hamkorlikda farmasevtika zavodi faoliyat yuritmoqda.

Shaharda ko'plab masjidlar mavjud. Shuningdek, xristian-katolik cherkovi va xristian-provoslav cherkovi faoliyat yuritadi. "O'zbekiston", "Qahramonlar", "Furqat", "Akademik litsey" kabi asosiy ko'chalarga bo'lingan. "Paxtakor", "Shirin", "Oqibatli", "Furqat" kabi yirik MFYlar mavjud. Shaharda fuqarolar hordiq chiqarishi uchun "O'zbekiston-Xitoy do'stlik bog'i" parki bor.


  1. "Sirdaryo (shahar)" OʻzME. Sh-harfi (Wayback Machine saytida 2019-10-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil