Dehqonobod
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Dehqonobod | |
---|---|
shahar | |
40°31′53″N 69°02′03″E / 40.53139°N 69.03417°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Sirdaryo viloyati |
tuman | Guliston tumani |
Aholisi | 10 500 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Dehqonobod — Sirdaryo viloyatidagi shaharcha. Guliston tumaninnnt markazi. Aholisi 10,5 ming kishi (2000); asosan oʻzbeklar, shuningdek, rus, ukrain, tatar, koreys, tojik va b. millat vakillari ham yashaydi. Viloyat markazi — Gulistondan 24 km. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Guliston (24 km).
D.da dastlab 1886-yil Rossiyaning Poltava, Tver gubernyalaridan podsho hukumati tomonidan koʻchirib keltirilgan rossiyaliklar yashagan. 1887-yildan qishloq Romanovsk deb atalgan. 1913 yil hozirgi mudofaa ishlari boʻlimi binosida rus-tuzem maktabi ochilgan. 1923—92 yillarda Krestyanok posyolkasi deb atalgan.
D.da 2 umumiy taʼlim maktabi, iqtidorli bolalar litseyi, qishloq xoʻjalik litseyi, sanatoriy tipidagi internat maktabi mavjud. 1997-yil respublika BAning tasviriy va amaliy sanʼat internat maktabi tashkil etildi. 1941—45-yillardagi urush qurbonlariga yodgorlik monumenti oʻrnatilgan. 1986-yil Alisher Navoiy nomidagi madaniyat saroyi qurildi. D.da viloyat „Ona va bolalar“ fizioterapiya shifoxonasi, markaziy kasalxona, bolalar kasalxonasi, poliklinika, dorixona, 30 dan ziyod savdo, umumiy ovqatlanish va 10 dan ortiq maishiy xizmat punkti bor. Avtokorxona, 3 qurilish koʻchma kolonnasi, 2 taʼmirlash korxonasi, faoliyat koʻrsatmoqda. 1998-yil „Supermarket“, „Dehqon bozori“ qurib foydalanishga topshirildi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |