Kontent qismiga oʻtish

Aholining tabiiy oʻsishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Aholining tabiiy oʻsishi — maʼlum davr ichida tugʻilganlar soni bilan oʻlganlar soni orasidagi farq. Aholining tabiiy oʻsishi — aholi oʻsishi intensivligining umumiy koʻrsatkichi boʻlib, odatda, koeffitsiyent bilan oʻlchanadi. Aholining tabiiy oʻsishi har 1000 kishiga nisbatan olinadi va promille (‰) bilan oʻlchanadi (Oʻzbekistonda 1996-yil aholining tabiiy oʻsishi koeffitsiyenti 25,6 ‰ni tashkil etdi).